Andrey Voznesenskiy xotirasiga

Шерзод Комил Халил
    
              ***         
                Andrey Voznesenskiy xotirasiga
Osmon cho'kdi,
              osmon abadiy!
Yulduzlar ham qoldi miltillab
Radio xabar qilar:
                Andrey Voznesenskiy -
Ulug' shoir o'tdi olamdan!
She'riyatning olmos yulduzi,
Ko'kda birdan so'ndi pilpillab.
Judo bo'lding,
              ey, bashariyat,
Qalbi nurga to'lgan siymodan!
Yana bitta shoiring yo'q rus,
Yana bitta shoiring ulkan...
...............................................
...............................................
Endi hamma narsa mayda va tuban,
Endi hamma narsa muvaqqat, chirkin;
Juda ilgaridan she'r some'si -chun,
Shunday kun kelishi bor edi bir kun...
Bu kunning yuragi qattig'u sovuq,
Bu kunnig yuragi toshdek muzlagan.
Ana, ular -
            g'ofil oloman,
Qalbi she'rdan ayru odamzod!
Ko'cha-kuydan kulib o'tarlar,
Million-million qizil atirgullarni
Behuda sovurar ko'z yoshlarisiz
Bilmadim, o ular neni ko'zlagan,
Andrey Voznesenskiy -
Faqat sizni deya menmi bo'zlagan?!
Holbuki keladi,
               bahorlar yana,
Barglarning shitiri,
                qushlar chug'uri,
Marvarid gullarning bodiyalari,
Va seren hidlari -
                qaytajak bari!
Dilni titratguvchi yoz yomg'irlari,
Xazonrezgi kuzning sariq bog'lari
Va oppoq ukparli qor bo'ronlari,
Bari qaytajakdir,
                soatma sayin,
Biroq shoir qaytmas,
                shoir abadiy!
U ulug' kuychining tingan ovozi...
U endi kuylamas,
                hayqirmas,
                yonmas,
Dunyoning muvaqqaq bu g'amlaridan,
Ogoh etolmagay odamizotni.
Nahot his etmaysiz,
                axir janoblar,
Voznesenskiy yo'q,
                Voznesenskiy!
Hayhot rus qalbining quyoshi botdi,
Hayhot osmon cho'kdi,
                yulduz miltillab;
Radio xabar qilar:
                "Boznesenskiy -
Moskva vaqti bilan
                12:45 da o'tdi olamdan!"
- Do'stlarim,
             do'stlarim,
                men tamom bo'ldim,
Ulug' she'r asrori ketdi olamdan.
Ehtimol siz uchun hech ne o'zgarmas,
Ehtimol dunyodan ko'nglingiz ham to'q;
Lekin nima qilay,
                endi oramizda
Voznesenskiy yo'q,
                Voznesenskiy!
                1.06.2010.