Fuzuliyga muxammas

Шерзод Комил Халил
FUZULIY G"AZALIGA MUXAMMAS

Chorlasa raqsu samo, chalinib tanbur sozalar,
Qurshasa atrofingni xo'b erur ko'p gulnozalar,
San mani ko'zimga boq, bir yashirin dil rozalar,
Har kitobakim, labi la'ling hadisin yozalar,
Rishtai jon birla shavq ahli ani sherozalar.

Sevgi birdur, sirri ishqing demadim bir kimsaya,
Gavhar durdur, sirri ishqing demadim bir kimsaya,
Yurak zirdur, sirri ishqing demadim bir kimsaya,
Bu na sirdur, sirri ishqing demadim bir kimsaya,
Shahra dushmish ban sani sevdim deyan ovozalar.

Ishq nadurki, mullolar pul undirarlar masjida,
Nе мuhabbat orjumandin so'ndirarlar masjida.
O'zlarin bilmaganga zab ko'ndirarlar masjida,
Shayxlar mayxonadan yuz do'ndirarlar masjida,
Betariqatlarni go'rkim, to'g'ri yo'ldan ozalar.

Кiprigi paykonidin ul yor sochibdur tig'i ishq,
Bag'ri dilim qilib qon,hajrga qochibdur tig'i ishq,
Sanga etmak istasam manga bojibdur tig'i ishq,
Choklar ko'ksumda, sanmakim оchibdur tig'i ishq,
Go'ngliming shahrina ishqing girmaga darvozalar.

Ishq o'ti yongan yurak kavkab zuhrodek jimjima,
Маqsadi mukammalga etguncha aslo tinchima.
Yorning eshiki sori, Sherzod, sen borgil har juma,
Ey Fuzuliy, yor agar javr etsa, ondin injima,
Yor javri oshiqa har dam muhabbat tozalar.
2010