Sarmast qalandar

Амир Аль-Шуара
Men – sarmast qalandar, men – bir devona
Zulmat saxrosida kezgum har yona

Yolg`iz sharob sokinlik berar tanamga
Undan boshqa hech ne kerakmas menga

Kazzoblar bilmayin asl holimni
“Mast, aroqxo`r shoir” deyishur meni

Sharob – mening yurtim, mening dunyoyim,
Tark etolmaydigan qasrim, saroyim.

Do`stim, sharob ila to`ldir finjonni,
Yuvsin qalbdagi dardni, g`amni, xijronni.

Lek sharobning yolg`iz aybi bo`lgaydir
Ozgina muddatga qanot bergaydir.

U bergan qanotla samoga ucharsan
So`ng fursat o`tib yerga qayta tusharsan.

Men – sarmast qalandar, men – bir devona
Zulmat saxrosida kezgum har yona

Oxiratda Alloh meni so`roq qilgaydir
Men asli kimligim yolg`iz o`zi bilgaydir…