Nafosatning yuzin berkitmang hech ham

Амир Аль-Шуара
Nafosatning yuzin berkitmang hech ham
Ezgulik tomonga intiling har dam.
Mazmunsiz bo'shliqning bag'rida zinhor
O'zgacha bo'lishdan qo'rqmaslik darkor.

Tabassum yuzingiz hamrohi bo'lsin
Yuraklar doimo hayotga to'lsin.
Tanish ko'chalardan o'ting yana bir
Shoshilmoqqa esa sabablar yo'qdir.

Qalbingiz to'rida yarating bir bog'
Zulmdan avaylab asrangiz har chog'.
Bu go'zal bog'dan gul, lolalar tering
Do'st-u begonaga ularni bering.

© перевод Амир аль-Шуара


Оригинал:

Не прячьте нежность по карманам
© Лариса Шешукова

http://www.stihi.ru/2013/05/26/3054