Onamga Маме на узбекском языке

Тулкин Атоев
Bu dunyoga kelganimga sababchi,
Ilmu iymonga meni intilgan odam,
Umrim, bo'lajakim mustahkam ishonchi,
Mehrini baham ko'rgan, hasratgo'y onam.

Sizning muomalangiz menga namuna,
Siz mening husni ustozim,
Bergan me'rosingiz - tibbiyot, hunar,
Qush butoqqa sig'insa, men sizga lozim.

Bora bora vaqt ketar, bu to'xtamas oqim,
Siz - mening onam va umrim boricha sodiq o'rtog'im,
Savob qilishdan hech olmaysiz hordiq,
 Parvardigorimizga batamom bo'ling loyiq.